AQŞ prezidenti Jo Bayden va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 21 dekabr kuni Vaşingtonda uçraşadi, deb xabar berdi CNN 20 dekabr, seşanba kuni ikki manbaga tayanib.
Zelenskiyning e’lon qilinmagan taşrifi Ukraina prezidentining 24 fevralda Rossiya hujumi boşlanganidan buyon birinçi xalqaro safari böladi. Oq uy ehtimoliy uçraşuv haqida izoh berişdan rasman boş tortdi.
Axios ma’lumotlariga köra, Kapitoliy tepaligi xavfsizlik xizmati Zelenskiyning taşrifiga hozirlik körmoqda, çunki Ukraina rahbari Kongressda çiqiş qilişi mumkin. AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Kongressning barça a’zolaridan «çorşanba kuni keçqurun yiğilişda jismonan hozir bölişni» söradi, deb yozadi Axios Pelosining maktubiga tayanib.
CNN xabariga köra, uçraşuv Kiyevga AQŞning Patriot zenit-raketa komplekslarini yetkazib beriş böyiça muhokamalar fonida bölib ötadi. Yetkazib beriş muzokaralarda muhokama qilinadimi yoki qilinmaydimi, CNN bunga aniqlik kiritmadi. Avvalroq Amerika OAV xabar qilganidek, Oq uy şu hafta oxirigaça komplekslarni Ukrainaga topşirişni e’lon qilişi mumkin. Vaşington tegişli rejalarni tayyorlaşni yakunlamoqda.
Kiyev bir neça oydan beri Patriot tizimini söramoqda. Vaşington komplekslarni yetkazib beriş va işlatiş bilan boğliq katta logistika qiyinçiliklariga qaramay, Rossiyaning ommaviy öqqa tutişi şaroitida talabni qondirişga qaror qildi, dedi Bayden ma’muriyatining yuqori martabali vakili CNN telekanaliga.
Kiçik havo hujumidan mudofaa tizimlaridan farqli ölaroq, Patriot tizimlari önlab odamlarning işlaşini talab qiladi. Şu bilan birga, ular havo böşliğini ballistik va qanotli raketalardan, şuningdek, ba’zi samolyotlardan himoya qilişning eng samarali uzoq masofali vositalaridan biri hisoblanadi.


















