“270 mln örniga 90 mln berib aldab qöyişdi”
Avtomobil yöllari qömitasining bino-fasadlarini yangilagan va 3ta lift örnatgan “Doston Akfa Plus” MÇJ rahbari, tadbirkor Intizor Abdalniyozova 4 yildirki qömitadan haqini töliq ololmay keladi. Tadbirkor örnatgan liftlarning bittasidan qömitaning 21 yillik raisi Abdurahmon Abduvaliyev foydalanadi.
Qömita tadbirkorga 270 mln sömni tölaş paysalga solib kelayotgandi. Kun.uz’da e’lon qilingan maqola ortidan 23 noyabr kuni “Doston Akfa Plus” MÇJ hisobraqamiga 90 million söm ötkaziladi. Biroq şundan beri oradan qariyb bir oy ötayotgan bölsa-da, tadbirkor qarzning qolgan qismi – 180 mln söm tölab berilmayotgani, oğirini yengil qilişga va’da bergan mutasaddilar negadir yöqolib qolişganini aytadi.
“Boş prokuraturadagilar meni Svetlana Ortiqova qabul qilişini aytgandi, uç kun qatnadim, ammo boş prokuror örinbosari qabul qilmadi. Muammo yuzasidan şahar prokuraturasiga çaqirişdi. Özim ham şahar prokurori Uluğbek Qosimovning raqamlarini izlab topib qönğiroq qildim. Kun.uz'ga bormay turing, masalangizni hal qilib beraman deb va’da berdi. Ammo şundan keyin oradan qariyb bir oy vaqt ötdi.
Abduvaliyev umra ziyoratidan qaytganidan söng ham u bilan uçraşiş, qabuliga kiriş uçun qömitaga bordim. Yordamçilari işda yöq deb qabuliga kiritişmadi. Oradan bir oy ötyapti, texnikalar sotildimi-yöqmi bilmayman. Sud qarori ijrosi bilan şuğullanayotgan davlat ijroçisiga qönğiroq qilganimda Kun.uz'da çiqqanim uçun endi sariq çaqa ham olmasligimni aytdi”, deydi Intizor Abdalniyozova.
Qömita bajarilgan iş uçun pul tölab berilmaganiga “Doston Akfa Plus” xususiy korxonasi mas’ullari tomonidan işçi komissiyaga tegişli yakuniy (örnatilgan maxsus uskunalarni davlat nazoratidan ötganligini tasdiqlovçi) hujjatlarni “Yangiyölquriliş” unitar korxonasiga öz vaqtida taqdim etilmaganini vaj qilib körsatgan.
Ekoqömda ham deyarli şu ahvol
Yangi binoga köçib ötgan Ekoqömita ham 2ta lift örnatgan va bino fasadini plastik panellar bilan qoplab bergan “Doston Akfa Plus” MÇJga haligaça bajarilgan işlarning haqi töliq bermay keladi.


















