Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiyskaya gazeta» naşriga bergan intervyusida prezident Vladimir Putin harbiy amaliyotlar hududida bölgani va u yerdagi qöşinlar qömondonlari bilan suhbatlaşganini aytdi.

17 dekabr kuni Kreml matbuot xizmati prezident Ukrainadagi harbiy amaliyotda iştirok etayotgan harbiy qism ştabida kun böyi işlaganini ma’lum qilgan, ammo, uruş hududida bölganiga aniqlik kiritmagan edi.

Şundan söng, Davlat Dumasi deputati Andrey Gurulyov TV efirida prezident jangovar hududda bölganini ma’lum qildi.

«Agar u juma (16 dekabr) kuni borgan ştabni nazarda tutayotgan bölsa, ha», dedi Dmitriy Peskov.

Kreml xabarida aytilişiça, Vladimir Putin qöşinlar ştabiga taşrifi çoğida uning faoliyati bilan tanişgan, uruşning borişi haqidagi hisobotni eşitgan, şuningdek, qömondonlar bilan uçraşuv ötkazgan. Unda mudofaa vaziri Sergey Şoygu, Qurolli kuçlar Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov va armiyaning birlaşgan guruhi qömondoni Sergey Surovikin iştirok etgan. Ştab joylaşgan manzil haqida xabar berilmadi.