Avvalroq CNN hamda Reuters AQŞ hukumatidagilar Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişga qaror qilişgani, tez orada bu borada e’lon qilişi kutilayotgani haqida yozgandi. CNN bu haqda AQŞ hukumatidagi yuqori lavozimli manbalariga tayanib yozgandi. Naşr manbasiga köra, hujjat AQŞ prezidentiga kiritiş uçun Pentagon rahbari Ostinning imzosini kutmoqda.

21 dekabr kuni esa Qöşma Ştatlar Ukrainaga yangi 1,8 milliard dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etişi haqida xabarlar çiqdi. Yuboriladigan qurollar orasida ilk marta Patriot zenit-raketa kompleksi ham örin olgan.

Ukraina uruş boşlanganidan buyon söraydi

Uruş boşlanganiga qariyb bir yil böldi va şu vaqt davomida Ukraina NATOdagi hamkorlaridan havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berişni sörab keladi. Rossiya noyabr oyi oxirida ukrainaliklarni sovuqda qoldiriş maqsadida energiya obektlariga navbatdagi raketalar yomğirini yoğdirdi. Zarbalardan keyin köplab ukrainaliklar elektr energiyasi va issiqliksiz qoldi.

Foto: REUTERS

Mamlakat taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba bu zarbalar fonida Ukrainaga tezda havo hujumidan mustahkam mudofaa tizimi kerak ekani haqida gapirdi. «Iltimos, bizga Patriot yetkazib bering, biz uning yordamida öz fuqarolarimizni, hayotiy zarur energiya obektlarimizni himoya qilamiz. Bu hujum quroli emas axir», degandi Ukraina taşqi işlar vaziri NATO sammiti iştirokiçlariga murojaat qilar ekan. Ammo öşa yiğilişda Patriot yetkazib beriş borasida bir qarorga kelişmagandi.

Öşa majlisdan keyin Polşa özidagi Germaniyada işlab çiqarilgan zenit-raketa komlekslarini Ukrainaga bermoqçi ekanini ma’lum qildi, ammo Berlin bunga rozilik bermadi. Polşadagi qişloqlardan biriga raketa kelib tuşganidan keyin Germaniya uşbu mamlakatga qiruvçi samolyot va Patriot tizimlari körinişida yordam berişga tayyorligini bildirdi. Öz navbatida, Polşa bu yordamni qöşnisi Ukrainaga berişni söradi, ammo Germaniya mamlakatdagi qurollar faqat NATO davatlarida işlatişga möljallanganini bildirdi.

Ğarb olami Rossiya bosqini boşlanganidan buyon Ukrainaga yordam berişda davom etmoqda. Dastlabki oylarda AQŞ va ittifoqçilari Ukraina osmonini mudofaa qiliş uçun asosan yelkada olib yurişga möljallangan kiçikroq hajmdagi zenit-raketa komplekslarini berayotgandi. Ammo keyinçalik Ukraina kuçli havo hujumidan mudofaa tizimlarini qölga kirita boşladi. Masalan, oktyabrda Ukraina Germaniyada işlab çiqarilgan IRIS-T raketa tizimlarini oldi, keyinroq esa yanada kuçli bölgan NASAMS mudofaa tizimlarini ham.