Özbekiston hukumatining 19 dekabr kungi qarori bilan, “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlarining keskin tebranişi davrida asossiz oşirilmasligi böyiça tizimli nazorat örnatiş va zarur çoralar köriş tartibi töğrisida”gi nizom tadiqlandi.

Nizomga köra, narxlarning keskin tebranişi yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda vakolatli organ (Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi) tomonidan tahlil ötkaziladi. Bunday davr Vazirlar Mahkamasi tomonidan 6 oygaça muddatga belgilanadi.

Keskin tebraniş deganda, narx 30 kun içida MB asosiy stavkasi (hozir 15 foiz)ga teng yoki undan yuqori darajada oşgani tuşuniladi. Ajiotaj talab deganda esa bozordagi şov-şuv va vahima ta’sirida sun’iy ravişda paydo bölib, şiddat bilan ortib boradigan, bozor muvozanati buzilişi va tovarlar taqçilligi kuçayişi bilan keçadigan talab tuşuniladi.

Bozorda mahsulotlar (tovarlar)ning sun’iy taqçilligini keltirib çiqargan alomatlar aniqlanganda, Aksilmonopol qömita xöjalik yurituvçi sub’yektlarning binolariga bevosita kirib, ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan ötkazadi (qömitaga bu vakolat prezidentning 2022 yil 31 maydagi 145-son farmoni bilan berilgan).

Nizom qoidalari quyidagi ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi:

1. Buğdoy va un
2. Qolipli non
3. Mol göşti
4. Parranda göşti
5. Tuxum
6. Paxta yoği
7. Kungaboqar yoği
8. Guruç
9. Şakar
10. Sut (qadoqlangan)

Şuningdek, nizom talablari quyidagi yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomaşyo va materiallarga ham taalluqli:

1. Avtomobil benzini