«Navalniy» hujjatli filmi «Eng yaxşi hujjatli film» nominatsiyasida «Oskar» kinomukofotiga nomzodlar röyxatidan joy oldi. Bu haqda 21 dekabr, çorşanba kuni The Hollywood reporter xabar bermoqda. Ayni paytda boş sovringa da’vogarlar röyxatida 15 ta hujjatli film bor. «Oskar» mukofotini topşiriş 2023 yil 12 martga belgilangan.

Kanadalik rejissyor Deniel Roer film ustida Navalniy Berlindagi "Şarite" klinikasida davolanayotganda va 2021 yil yanvarida muxolifat yetakçisi Rossiyaga qaytib ketganida işlagan.

Film premerasi 2022 yil yanvar oyida bölib ötgan. Filmda 2020 yil avgust oyida rossiyalik muxolifat yetakçisining zaharlanişi bilan boğliq voqealar, jumladan Navalniyning Germaniyada davolanişi va reabilitatsiyasi, uning nima bölganini tekşirişga urinişi va Moskvaga qaytişga qaror qilgan siyosatçining hibsga olinişi haqida hikoya qilinadi. 

Lenta allaqaçon «Hujjatli film» nominatsiyasida «Tomoşabinlar mukofoti»ni, şuningdek, AQŞning Sundance mustaqil kinofestivalida tomoşabinlar fikriga köra festivalning eng yaxşi filmi (Festival Favorite Award) mukofotini qölga kiritgan. «Navalniy» filmi Amerikaning CNN telekanali, Britaniyaning BBC Two telekanali va HBO Max striming xizmatida namoyiş etildi.

Nomzodlar röyxatida «Barça gözallik va qon tökilişi» va «Jyeyn harakati» siyosiy harakati faollari – ayollar haqidagi filmlar, musiqaçi Leonard Koen haqidagi «Alliluyya: Leonard Koen, sayohat, qöşiq», Vetnam haqidagi «Tuman farzandlari» filmlari ham bor.