Özbekiston-Qozoğiston sammiti yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev tarixiy hujjatlar – Ittifoqçilik munosabatlarini örnatiş töğrisida şartnoma va Özbekiston-Qozoğiston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisida şartnomani imzoladilar.

Bundan taşqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida köp qirrali hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi.
“Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini taşkil etiş töğrisida, Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida, Oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasidagi hamkorlik töğrisidagi bitimlar, 2000 yil 7 iyuldagi Fuqarolarning özaro kelib-ketiş şartlari töğrisidagi hukumatlararo bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida bayonnoma şular jumlasidan.


Şuningdek, strategik islohotlar, elektron savdoni rivojlantiriş, örmon xöjaligi, davlat xizmati sohalarida memorandumlar, Toşkent va Turkiston, Navoiy va Qizilörda, Jizzax va Turkiston viloyatlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş böyiça “yöl xarita”lari, energetika, kimyo sanoati, transport va logistikada loyihalar amalga oşiriş böyiça bitimlar qabul qilindi.

Taşrif doirasida jami 8 milliard dollarlik savdo va investitsiya şartnomalari imzolandi.

















