RF qurolli kuçlaridagi harbiy xizmatçilar soni 1,5 million kişiga yetişi, jumladan şartnoma asosida xizmat qiluvçilar soni — 695 ming nafarni taşkil etişi lozim. Bu haqda RF mudofaa vazirligi kollegiyasida vazirlik rahbari Sergey Şoygu aytib ötdi. Uning hisoblaşiça, bu «RF harbiy xavfsizligini ta’minlaş vazifalarini hal qilişni kafolatlaş uçun zarur».

Hozirda RF qurolli kuçlarida ştatdagi harbiylar soni prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvaridan 1 150 628 kişi bölişi belgilab qöyilgan. Şu tariqa, armiyaga yana 350 ming atrofidagi kişini yuboriş talab etiladi.

Şoygu armiya islohoti böyiça boşqa qator takliflarni ham aytib ötdi. Xususan, vazir «Rossiya çegaralari yaqinida NATO tomonidan harbiy salohiyatni oşiriş istagi borligini inobatga olgan holda» Rossiyaning şimoli-ğarbiy qismida qurolli kuçlarning ikkita idoralararo strategik hududiy tuzilmalari — Moskva va Leningrad harbiy okruglarini yaratiş va kuçaytiriş  zarurligini aytdi.

«Men qurolli kuçlarda keyingi tarkibiy özgarişlar böyiça bergan takliflaringizga qöşilaman. Kollegiyadagi muhokamalardan keyin sizdan hisobot berişingizni sörayman, biz bu haqda hali batafsil gaplaşamiz», — deya javob qaytargan RF prezidenti Vladimir Putin vazirga.