Şoygu bu haqda Mudofaa vazirligi kollegiyasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib aytdi.

«Qurolli kuçlar safiga çaqirilayotganda fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga çaqiriliş yoşini bosqiçma-bosqiç 18 yoşdan 21 yoşga, çegarani esa 30 yoşga yetkaziş kerak», — dedi vazir. Bunda xizmat muddati özgarmaydi - bir yil.

Bundan taşqari, u muddatli harbiy xizmatni ötaşning birinçi kunidanoq askarlarga şartnoma tuzişga ruxsat berişni taklif qildi.

Şoygu Rossiya qurolli kuçlari sonini 1,5 million harbiy xizmatçiga yetkazişni, şartnoma asosida xizmat qiluvçilar sonini 695 ming bölişini istayapti.

Avgust oyida Putin qurolli kuçlarning ruxsat etilgan sonini 2 039 758 nafar qilib belgilagan edi, ulardan 1 150 628 nafari harbiy xizmatçilardir.

Şoygu nutqidan söng Putin uning taşabbusiga rozi ekanligini aytib, muhokamani yopiq eşiklar ortida davom ettirişni taklif qildi.

Şu yil kuzda rossiyalik deputatlar va senatorlar armiyadagi harbiy xizmat muddatini bir yildan ikki yilgaça oşiriş ğoyasini muhokama qiliş taşabbusi bilan çiqqan edi. Biroq, taşabbus na prezident ma’muriyatida, na Mudofaa vazirligida qöllab-quvvatlanmadi.

Harbiy xizmatga çaqiruv yoşi çegaralarini oşiriş Şoyguning Putinga qilgan yagona taklifi emas. Xususan, u «Rossiya çegaralari yaqinida NATO tomonidan harbiy salohiyatni oşiriş istagi borligini inobatga olgan holda» Rossiyaning şimoli-ğarbiy qismida qöşinlarning yangi guruhini yaratiş zarurligini aytdi.

Şuningdek, Şoygu harbiy safarbarlik bilan boğliq muammolarni tan oldi va ularni safarbarlik II Jahon uruşi davridan beri amalga oşirilmagani bilan asosladi. Sentyabr oyida Putin e’lon qilgan safarbarlik maqsadini «yangi hududlarni himoya qiliş» va «keyingi hujumkor harakatlarni» amalga oşiriş zarurati bilan izohladi.