Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 22 dekabr, çorşanba kuni keçqurun AQŞ Kongressining qöşma yiğilişida sözga çiqib, Vaşingtonga harbiy harakatlar boşlanganidan beri körsatgan yordami uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Barça qiyinçiliklar va ma’yus ssenariylarga qaramay, Ukraina qulagani yöq. Ukraina tirik», - dedi u. Davlat rahbari Rossiyaning öq-dorilar böyiça ustunligini aytib, Moskva «ularda bölganidan köra köproq raketa va samolyotlarga ega» ekanini bildirdi, biroq uning mamlakati «mustaqillik va ozodlik uçun kuraşni davom ettirayotganini» ta’kidladi. «Ukraina öz pozitsiyalarini saqlab turibdi va heç qaçon taslim bölmaydi», deb işontirdi u. «Biz butun dunyo ongi uçun kuraşda Rossiyani mağlub etdik», — dedi Zelenskiy.
U AQŞni qöllab-quvvatlaşni töxtatmaslikka çaqirib, Ukrainaga qurol-yaroğ va öq-dorilar yetkazib berilişi kerakligini aytdi. Zelenskiy AQŞ harbiylaridan ukrainaliklar uçun jang qilişni söramoqçi emasligini, çunki ular «Amerika tanklari va samolyotlarini mukammal nazorat qila olişini» ta’kidladi. Eslatib ötamiz, AQŞ haligaça Ukrainaga bunday turdagi qurol-yaroğlarni yetkazib bermagan va bundan özini tiyyapti.
Ukraina prezidenti nutqi davomida Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş zarurligi haqida gapirdi. Agar biz tajovuzkorni hozir töxtatmasak, uning AQŞ ittifoqçilariga hujum qilişi vaqt masalasi böladi, deya ogohlantirdi Zelenskiy.
U öz nutqi sönggida Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga Zelenskiyga Baxmutga taşrifi çoğida harbiylar tomonidan berilgan Ukraina bayroğini topşirdi.


















