Uruş davridagi ilk xorijiy safar

PRESIDENT OF UKRAINE

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganidan buyon ilk marta mamlakatni tark etdi. 21 dekabr kuni ukrainlar yetakçisi oldindan e’lon qilinmagan rasmiy taşrif bilan Vaşingtonga bordi. Politico naşri xabariga köra, tomonlar bir neça hafta mobaynida tor doiralarda uşbu ehtimoliy taşrif detallarini muhokama qilişgan. CNN manbasi Zelenskiyning atrofidagi kişilardan biriga asoslanib xabar qilişiça, Rossiya tomonidan ukrainlar yetakçisiga suiqasd sodir etilişi xavfi tufayli AQŞda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Hujum xavfi tufayli na yuqori martabali amaldorlar va na Ukrainaning AQŞdagi elçixonasi xodimlari taşrif grafigidan boxabar bölişgan. 

Associated Press ma’lumotiga köra, Zelenskiy mahalliy vaqt bilan 21 dekabr kuni tuşda «Endryus» aviabazasiga qöngan.

Ukrainlar prezidenti avvaliga poyezd orqali Polşaning Jyeşuv şahriga ötgan, u yerdan AQŞ harbiy havo kuçlari samolyoti orqali Vaşingtonga parvoz qilgan. Unga safar davomida AQŞning Ukrainadagi yangi elçisi Brijit Brink hamrohlik qildi.

Rasmiy taşrif dasturi avvalida Zelenskiyni Oq uyda prezident Bayden va rafiqasi kutib oldi. Bu kadrlar Amerika televideniyesi jonli efirida namoyiş etildi.

Uçraşuvning oçiq qismida Zelenskiy Baydenga Ukrainaga yordam uçun minnatdorçilik bildirdi, şuningdek unga ayni vaqtda frontning eng xavfli uçastkasi bölib turgan Baxmut atrofida jang qilayotgan qismlar tarkibidagi HIMARS batareyasi kapitani berib yuborgan nişonni topşirdi.

«Putin olib borayotgan şafqatsiz, öta şafqatsiz uruşdan birgalikda himoyalanişda siz bilan yonma-yon turiş men uçun katta şaraf», dedi Bayden bunga javoban.

«Allaqaçon 300 kun ötganiga, Putin ukrainaliklarning millat sifatida yaşaş huquqini qöpol ravişda poymol qilganiga va Ukraina xalqiga faqat qörqitiş uçun hujum qilganiga işoniş qiyin», deya qöşimça qildi Bayden.

AQŞning yordami davom etadi

Ikki prezident uçraşuvi ikki soatdan ortiqroq vaqt davom etdi.