FVVning xabar berişiça, 22 dekabr kuni soat 19:15 da Andijon şahar, S.Abdullayev 5-tor köçasida joylaşgan yaşaş uyida yonğin sodir bölayotgani töğrisida Andijon şahar FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra 4 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:19 da yetib borib, yonğin soat 19:23 da qurşab olingan va 19:32 da öçirilgan.

Hodisa natijasida uyning taxminan 70 kv m maydonda tomi, şifti va uy-jihozlari yongan.

Yonğinni bartaraf etiş jarayonida 3 nafar fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan.

“Şuningdek hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari yetib borgan. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, Andijon tumanidagi xonadonda sodir bölgan yonğin oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgani va yana biri şifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.