AQŞ Kongressi Vakillar palatasining maxsus qömitasi Kapitoliyga bostirib kirişga oid 814 betlik hisobotni e’lon qilib, 18 oylik tergovni yakunladi.

2021 yil 6 yanvardagi Kapitoliy hujumini tergov qilayotgan maxsus qömita sobiq prezident Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qiliş uçun «köptomonlama fitna»da iştirok etib, qonunni buzgani, şuningdek, öz tarafdorlari hujumini töxtatiş uçun heç qanday çora körmaganini taxmin qilmoqda.

«6 yanvardagi tartibsizliklarning asosiy sababçisi bir kişi — AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp, uning ortidan boşqalar ham ergaşgan. Uning iştirokisiz 6 yanvar voqealarining heç biri sodir bölmasdi», - deyiladi hisobotda.

Kapitoliyga bostirib kiriş demokratiyaga jiddiy tahdid soldi va amerikalik qonunçilar hayotini xavf ostiga qöydi, deb xulosa qildi töqqiz nafar ekspertlar guruhi.

Yakuniy hisobot mingdan ortiq guvohlarning intervyulari, 10 ta tinglov va millionlab sahifali hujjatlarga asoslangan.

Maxsus qömita Trampga tört modda böyiça ayblov qöyiş tavsiyasi bilan mamlakat Adliya vazirligiga murojaat qilgan. Biroq, ta’kidlanganidek, Kongress tavsiyasi Adliya vazirligini qandaydir çoralar körişga majburlamaydi va ayblov qöyiş qarori prokurorlarda qoladi.

Eslatib ötamiz, 2021 yil 6 yanvarida Tramp tarafdorlari demokrat Jo Bayden ğalaba qozongan saylov natijalarini parlament tasdiqlaşi kerak bölgan yiğilişni töxtatib, AQŞ Kongressi binosiga bostirib kirişdi. Namoyişlar tartibsizliklarga aylanib ketdi va Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga kirib borişdi. Tartibsizliklar oqibatida 2 kişi halok bölgan edi.