AQŞ astronavtlari, 68-ekspeditsiyaning bort muhandislari Joş Kassada va AQŞ Milliy aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qiliş boşqarmasidan (NASA) Frenk Rubio Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) törtinçi egiluvçan quyoş batareyasini (iROSA) örnatdi. 22 dekabr, payşanba kuni NASA matbuot xizmati xabar berişiça, kosmonavtlar koinotda 7 soat-u 8 daqiqa vaqt ötkazib, AQŞning Şarqiy qirğoği vaqti bilan soat 15.27 da (Toşkent vaqti bilan 01.27) çiqişni yakunladi.

iROSA elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatini 30 foizga oşirib, stansiyadagi umumiy mavjud hajmini 160 dan 215 kilovattgaça yetkazadi.

Bu kosmik stansiyaga xizmat körsatiş uçun 257-marta va ikkala astronavt uçun uçinçi marta oçiq fazoga çiqişdir.

Kassada va Rubio olti oylik ilmiy missiyasining yarmini XKSda ötkazdi, ular mikrogravitatsiya laboratoriyasida işlayapti va yangi texnologiyalarni, xususan, NASAning "Artemida" Oy dasturi uçun sinovdan ötkazyapti.

Ayni paytda astronavtlarning oçiq fazoga çiqişi fonida Xalqaro kosmik stansiyaning Amerika dasturi rahbari Joel Montalbano va "Roskosmos"ning boşqariladigan kosmik dasturlar böyiça ijroçi direktori Sergey Krikalev audio-formatda ommaviy axborot vositalari uçun matbuot anjumani ötkazdi. Ular «Soyuz MS-22» boşqariladigan kosmik kemasining taşqi issiqlik boşqaruv tizimidagi bosimning pasayişi bilan boğliq vaziyat böyiça olib borilayotgan suriştiruvga izoh berdi. Stansiyadan kemani vizual tekşiriş avvalroq sovitiş suvi sizib çiqqanini tasdiqlagan edi. Yerdagi mutaxassislar ekipajning xavfsiz qaytiş variantlarini baholaşda davom etmoqda, dedi NASA.

Avvalroq, 15 dekabrga ötar keçasi Amerika kosmik agentligi NASA rossiyalik kosmonavtlar Sergey Prokopev va Dmitriy Petelinning rejalaştirilgan oçiq fazoga çiqişini modda sizib çiqqani sababli bekor qilgan edi.

Prokopiyev va Petelin işlarni bajariş uçun oçiq fazoga çiqişlari kerak edi, uning davomida birinçi marta Yevropa ERA manipulyatoridan foydalaniş rejalaştirilgan. Bu Rossiya dasturi böyiça kosmosdagi işlarni ketma-ket ikkinçi ötkazişdir. Bungaça, 25 noyabr kuni öşa kosmonavtlar skafandrlardan birining sovitiş tizimidagi nasoslarning noan’anaviy işlaşi tufayli öz rejalarini bajara olmagan.