AQŞ şifokorlari şamollaşda işlatiladigan «Teraflyu» va boşqa maşhur dori-darmonlarni samarasizligi tufayli sotuvdan olib taşlaşga çaqirmoqda.
Tadqiqotlar şuni körsatganki, eng köp işlatiladigan dorilarning ba’zilari samara bermagan. Şifokorlar va tadqiqotçilar uşbu dorilarni sotişni töxtatişni tavsiya qilgan.
The Wall Street Journal xabariga köra, hozirda odamlar köp qabul qilayotgan «Teraflyu», «Benadril» va «Taylenol» retsepsiz sotiladigan tabletkalar, siroplar va suyuqliklar qatoriga kiradi. Ularda burun bitişidan xalos qiliş uçun fenilefrin deb ataladigan tarkibiy qism bor. Ingrediyent xavfsiz körinadi, ammo törtta tadqiqot şuni körsatganki, uşbu dori-darmonlar burun tiqilişidan xalos qilolmaydi.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, şifokorlar va farmatsevtlar bu tabletkalarni sotmaslik kerakligini aytişgan.

















