AQŞ prezidenti Jo Bayden 2023 moliya yili uçun 847,3 milliard dollarlik mudofaa budjetini imzoladi. Bu haqda Oq uy sayti xabar berdi.

Uşbu mablağning 800 million dollari Ukrainaga yordam beriş uçun ajratilgan. 6 milliard dollari Rossiyani Yevropada tiyib turiş uçun sarflanmoqda. 10 milliard dollar Tayvanga harbiy yordamga yuboriladi.

Hujjatda Rossiyani xalqaro taşkilotlar, jumladan, G20 a’zoligidan mahrum qiliş, Rossiya bilan oltin bitimlarini tuzganlik uçun sanksiyalar va Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlikni taqiqlaş muddatini beş yilga uzaytiriş közda tutilgan. Şuningdek, Moskva bilan raketaga qarşi mudofaa tizimlari böyiça ma’lumot almaşişni doimiy taqiqlaş ham kuçga kiradi.

AQŞ Kongressi 7 dekabr kuni uşbu mudofaa budjeti loyihasini tasdiqlagan edi.