Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengaşi mazkur farmonning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş hamda quyidagi maqsadli körsatkiçlarga erişişni ta’minlaş uçun mas’ul etib belgilanmoqda:

  • ijro etuvçi hokimiyat organlari ştat birliklari, şu jumladan rahbar lavozimlarini 30 foizgaça maqbullaştiriş va adolatli mehnatga haq tölaş tizimini joriy etiş;
  • ma’muriy islohotlar doirasida transformatsiya qilinayotgan ijro etuvçi hokimiyat organlarining Farmonda belgilangan yangi talablardan kelib çiqqan holda samarali faoliyatini yölga qöyiş;
  • rahbarlarning moliyaviy va institutsional mustaqilligini oşiriş orqali hududlar bilan işlaşning samarali tizimini joriy etiş;
  • respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining funksiyalarini tartibga soliş orqali ularni kamida 10 foizga qisqartiriş;
  • xususiy sektorga ötkaziladigan davlat funksiyalari sonini kamida 3 barobarga oşiriş, davlat-xususiy şeriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy etiş;
  • ijro etuvçi hokimiyat organlarining tizimida rahbar va ijroçi xodimlarning munosib nisbatiga erişiş;
  • rahbarlarning aholi takliflari asosida faoliyatini yölga qöyiş va jamoatçilik oldida hisobdorligini kuçaytiriş.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengaşi (S.Umrzoqov) mazkur Farmondan kelib çiqqan holda ma’muriy islohotlar birinçi bosqiçida respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarini 2023 yil 1 yanvarga qadar, ikkinçi bosqiçida esa mahalliy davlat hokimiyati organlarini 2023 yil 1 aprelga qadar isloh qiliş böyiça çoralar körilişini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi (Boş vazir A.Aripov) 2023 yil 1 fevralga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib çiqqan holda «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi yangi qonun loyihasini kiritadi.

Közlanişiça, hukumat a’zolari Boş vazir bilan töğridan-töğri işlaş mexanizmlari belgilanadi, ularning Vazirlar Mahkamasida qarorlar qabul qiliş jarayonidagi maqomi oşiriladi.

Hududlar, infratuzilma, iqtisodiyot, moliya, pul-kredit, şuningdek, ijtimoiy sohaning rivojlanişini ta’minlaşda Hukumatning mas’uliyati tubdan oşiriladi.

Hukumat a’zolarining boşqaruv, kadr, moliya va boşqa yönalişlardagi mustaqilligini oşiriş va mas’uliyati kuçaytiriladi.

Respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining, şu jumladan hududiy bölinmalar kesimidagi har birining maqomi, ularni taşkil etiş va tugatişning aniq tartibi hamda bir-biridan farqlovçi mezonlar belgilanadi.