Toşkentning Çilonzor tumanida 3 ta avtomobil oynasini sindirib ketgan voyaga yetmagan şaxs qölga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 dekabr kuni 2001 yilda tuğilgan A.S. Çilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unga tegişli bölgan Gentra rusumli avtomaşinaning old haydovçi yon oynasi sindirilgani va avtomaşina içida bölgan 500 000 sömlik soati öğirlanganini ma’lum qilgan.

Şuningdek, şu kuni 1995 yilda tuğilgan R.X.ga tegişli bölgan Cobalt avtomaşinasining old haydovçi yon oynasi sindirilgani, lekin avtomaşinasidan heç narsa yöqolmagani, 1977 yilda tuğilgan Ye.B.ga tegişli bölgan Spark avtomaşinaning ham old haydovçi yon oynasi sindirilgani, avtomaşinasidan heç narsa yöqolmagani aniqlangan.

Qayd etilgan holatlar yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida Çilonzor tumanida bir neçta avtomaşinalarning oynasini sindirib, öğrilik sodir etgan şaxsning şaxsi aniqlandi. U voyaga yetmagan 2005 yilda tuğilgan M.B. bölib, xolislar iştirokida közdan keçirilganda yonidan avtomaşinadan öğirlangan soat va piçoq topilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.