22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yiğilişida «2023 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonuni loyihasi ikkinçi va uçinçi öqişdan keyin qabul qilingandi. Ammo, şundan söng «Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi. Farmonda ijro etuvçi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagaça, şu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagaça qisqartiriş közda tutilgan. Kun.uz deputat Navröz Rizayev bilan boğlanib, “Qonunçilik palatasi davlat budjeti haqidagi qonunni qayta körib çiqadimi?” degan savol bilan yuzlandi.
«Budjet qayta köriladi, şunaqa kelişilgan. Qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga qaytarilmaydi, unga özgartirişlar kiritiladi. Moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarovning bizga ma’lum qilişiça, vazirliklar özgarganidan keyin, mablağlar ajratiş qayta taqsimotda nazarda tutiladi.
Mening bilişimça, «Davlat budjeti töğrisida»gi qonun tasdiqlanadi va keyingi yilda mazkur qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş masalasi körib çiqiladi. Taqsimotda hamma jihatlar e’tiborga olinadi», - dedi deputat.
Ma’lumot uçun, 2022 yil 27 dekabr kuni çaqiriladigan Senatning öttiz oltinçi yalpi majlisida «2023 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonunni körib çiqiş rejalaştirilgan.

















