«MYu» Gakpo böyiça rasman taklif yubordi

«Mançester Yunayted» «PSV»ga Kodi Gakpo transferi böyiça rasman taklif jönatdi. Daily Mirror naşri xabar berişiça, ingliz klubi rahbarlari niderland klubining moliyaviy muammolaridan xabardor va bu vaziyatdan foydalanib qolmoqçi.

Avvalroq, «PSV» uşbu futbolçisini kamida 75 million yevroga sotmoqçi ekani xabar qilingandi.

Qatardagi jahon çempionatida uşbu niderlandiyalik forvard 5 öyinda uç gol urdi. 23 yoşli hujumçi joriy mavsumda «PSV» safida barça turnirlar doirasida 24 uçraşuvda maydonga tuşib, 13 gol urgan va 17 golga uzatma bergan. Transfermarkt Gakponing transferini 60 million yevroga baholaydi.

Suares Saudiya Arabistoniga kelmaydi

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga köra, hujumçi Luis Suares Saudiya Arabistonining «Al-Halij» klubidan taklif olgan, bu klub urugvaylik tajribali futbolçi bilan 18 oylik şartnoma imzolaşga tayyor bölgan.

Ammo futbolçi faoliyatini Osiyoda davom ettiriş variantiga rozilik bermagan. Xabar qilişlariça, u erkin agent sifatida Braziliyaning «Gremio» klubi bilan ikki yillik şartnoma böyiça kelişuvga erişgan. 

Luis Suares 2022 yilgi mavsumning ikkinçi qismini Urugvayning «Nasional» klubida ötkazgan edi. Avvalroq, unga Angliyaning «Aston Villa» va AQŞning «Inter Mayami» klublari qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Datro «Çelsi»ga ötadi

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga köra, «Çelsi» «Molde» klubining ivuarlik hujumçisi David Datro Fofana transferi böyiça kelişuvga erişgan. Norvegiya çempionatida töp surayotgan 19 yoşli futbolçi tibbiy körikdan ötiş uçun Angliyaga uçib borgan, u endi London klubi bilan ikki yillik şartnoma imzolaydi. Transfermarkt uning transferini yetti million yevroga baholagan. Joriy mavsumda uşbu futbolçi  «Molde» safida barça turnirlar doirasida 37 öyinda maydonga tuşib, 21 gol urgan va 7 golli uzatma muallifi bölgan.

«Korintians» Albertoni sotib olmoqçi