Samarqanddagi bolalar şifoxonasida «Dok-1 MAKS» preparati sabab 15 nafar bola vafot etgani haqida ma’lumot tarqalgandi.

24 dekabr kuni Oliy Majlisning bola huquqlari böyiça vakili Aliya Yunusova hamda bola huquqlarini ta’minlaş sektori vakillari Samarqand viloyati bolalarni himoya qiliş masalalari kotibiyati mudiri, viloyat prokurori birinçi örinbosari, Samarqand şahar prokuraturasi xodimlari, viloyat hokimligi Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği, viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi rahbari va viloyat hokimligi Soğliqni saqlaş boşqarmasi boş pediatri iştirokida yuqoridagi holat böyiça örganiş ötkazildi.
Örganişlar köra, viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida sentabr–dekabr oylarida 21 nafar bemor ötkir buyrak zararlanişi bilan tekşirilgan, davolangan. Bemorlar Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatidan bölgan. 3 nafar bemor soğlomlaştirilib uyiga javob berilgan va 18 nafari vafot etgan. Bemorlarning barçasi 6 yoşgaça bölgan bolalar. Ularning 15 nafari 3 yoşgaça bölgan bolalar.

Bemorlar yaqinlaridan ularning kasallaniş sabablari suriştirilganda ularda şamollaş alomatlari bölgani va davolaş maqsadida «Dok-1 MAKS» preparati qabul qilişganidan söng ahvoli oğirlaşganini aytişgan.
«Dok-1 MAKS» preparatining har 10 mlda paratsetamol – 500 mg, gvayfenezin – 200 mg, fenilefrina gidroxlorid – 10 mg mavjud. Mutaxassislar «Dok-1 MAKS» preparatni 2 yoşdan qöllaş mumkinligi körsatilgani, lekin şunday tarkibli boşqa kompaniyalar preparatlarini asosan 12 yoşdan keyin qöllaşga ruxsat berilganini ta’kidlaşdi.
«Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida»gi qonunining 40-moddasida patologik-anatomik tadqiqotlar soğliqni saqlaş muassasalarida odam hayotligida hamda ölganidan söng taşxis qöyiş (biopsiya va autopsiya), şuningdek, klinik şaroitda taşxis qöyiş va kasallikni davolaş işlari töğri olib borilganini nazorat qiliş, ölim sabablari haqida aniq ma’lumotlar oliş maqsadida ötkazilişi belgilangan.
Soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan tasdiqlangan «Patologik-anatomik tadqiqotlar ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizomga (22.02.2019 yil röyxat raqami 3138) köra davolaş-profilaktika muassasalarida vafot etgan şaxslarning ölim sabablarini aniqlaş maqsadida patologik-anatomik tadqiqotlar ötkaziş belgilangan, lekin vafot etgan bemorlarning birortasi ham patologik-anatomik tadqiqotdan ötkazilmagan.
















