Prezidentning “Qoraqalpoğiston tumanlarida 2023-2026 yillarda uy-joylar qurilişi kölamini kengaytiriş orqali aholining turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasiga 1,2-ilovalar bilan: Qoraqalpoğistonda 2023-2026 yillarda yakka tartibda uy-joylar qurilişining maqsadli parametrlari; Qoraqalpoğistonda 2023-2026 yillarda ipoteka kreditlari asosida köp qavatli uy-joylar qurilişining maqsadli parametrlari tasdiqlanmoqda.
Quyidagilar belgilanmoqda:
- qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar aholi punktlarining yerlari hamda quriliş maqsadlariga möljallangan yerlar toifasiga ötkaziladi;
- yer uçastkalari fuqarolarga onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;
- köp qavatli uy-joylarning quriliş osti yer uçastkalari tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinadi;
- köp qavatli uy-joylar qurilişi yakunlangandan söng ularga tutaş yer uçastkalari mahalliy ijroiya hokimlik organining tegişli qarori bilan köp qavatli uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratib beriladi;
- uy-joylar qurilişi prezidentning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratiş orqali aholini uy-joy bilan ta’minlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni bilan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlaşning yangi tartibi asosida amalga oşiriladi;
- uy-joylarning taşqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilişi böyiça buyurtmaçi etib tegişligiga köra prezidentning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratiş orqali aholini uy-joy bilan ta’minlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni 3-bandi “a” kiçik bandida körsatilgan taşkilotlarga yuklatiladi;
- uy-joylarning taşqi muhandislik-transport kommunikatsiyalarini quriş hamda hududlarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tegişligiga köra prezident farmonining 4-bandida körsatilgan manbalar hisobidan moliyalaştiriladi;
- uy-joylarni quriş tegişligiga köra fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining öz mablağlari, tijorat banklarining kreditlari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi;
- köp qavatli uy-joylar qurilişi böyiça texnik nazorat işlari tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan şartnomalar asosida Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşining “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.

















