Serbiya qurolli kuçlari Kosovo bilan çegarada jangovar şay holatga keltirildi. Bu haqda mudofaa vaziri Miloş Vuçeviç ma’lum qildi, deb xabar beradi AP 26 dekabr, duşanba kuni.
Serbiya içki işlar vaziri Bratislav Gaşiç ham «politsiya va boşqa xavfsizlik kuçlarini töliq şay holatga keltirişni» va ularni «operatsion rejasi»ga muvofiq armiya boş ştab boşliği qömondonligiga topşirişni buyurganini aytdi. Tegişli buyruqlar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuçiç tomonidan berildi, deb xabar qildi respublika Mudofaa vazirligi va Içki işlar vazirligi.
Mudofaa vazirining sözlariga köra, «bu mamlakatni Serbiya qurolli kuçlari tomonidan Serbiyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qiliş, Serbiyaning barça fuqarolarini himoya qiliş va ular qayerda yaşaşlaridan qat’i nazar, serblarga qarşi terrorning oldini oliş böyiça amalga oşirilgan harakatlarni eng yuqori darajaga kötaradi».
Serbiya va Kosovo örtasidagi mojaro şu yilning iyul oyida, Priştina Serbiya fuqarolariga kiriş uçun vaqtinçalik hujjatlarni joriy etişga qaror qilgan va serb ozçilikdan eski serb avtomobil raqamlarini mahalliy raqamlarga özgartirişni talab qilgandan söng kuçaygan. Kosovo serblari norozilik sifatida barrikadalar örnatdilar, şundan söng Priştina hukumati yangi qoidalarni joriy etişni keyinga qoldirdi.
Noyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Jozep Borrel Kosovo va Serbiya avtomobil raqamlari böyiça kelişmovçilikni hal qilganini, biroq mintaqada mojarolar kelib çiqişda davom etganini aytdi, deb yozadi AP.
Oxirgi voqea 25 dekabr kuni keçki payt Zubin Potok hududida sodir bölib, mahalliy etnik serblar ikki hafta davomida yöllarni tösib qöygan. NATO missiyasi (KFOR) vakillariga köra, ularning patrullaridan birining yonida noma’lum şaxslar öt oçgan, heç kim jabrlanmagan.
2008 yilda Kosovo Respublikasi bir tomonlama ravişda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qildi. Uni Yevropaning köplab davlatlari, jumladan, Germaniya, şuningdek, AQŞ ham tan olgan. Belgrad Kosovoni özining avtonom viloyati deb biladi va Priştina mustaqilligini tan olmaydi. Serbiyaning pozitsiyasini Rossiya, possovet hududidagi aksariyat davlatlar, şuningdek, Yevropa Ittifoqining beşta davlati, Xitoy va Hindiston qöllab-quvvatlaydi.

















