27 dekabr kuni Özbekiston va Afğoniston çegarasida joylaşgan Termiz xalqaro savdo markazining birinçi qismi oçildi.

Savdo majmuasi rahbari Baxtiyor Röziyevning aytişiça, qöşma bozor ikki davlat tadbirkorlari örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan.

Bozorda tört ming dökon, soğliqni saqlaş markazi, restoran, şuningdek, işlab çiqariş va logistika uçun alohida maydonlar bor.

Savdo bozorining barça qismlari qurib bitkazilişi bilan Afğoniston fuqarolari uşbu bozorga vizasiz kirib, ön kungaça bölişi mumkin.

«Uşbu yirik loyihaga kamida 75 million dollar sarmoya kiritildi va Afğoniston va Özbekistondagi savdogarlar uçun katta imkoniyatlar yaratildi», dedi Röziyev.

Bozorning ikkinçi qismi 2023 yilning birinçi uç oyida savdogarlar uçun oçiladi.

Hozirgi kunda Özbekistonda kamida 10 ming afğon istiqomat qiladi va ularning aksariyati savdo-sotiq bilan şuğullanadi.