Parlamentning Qonunçilik va sud-huquq islohotlari qömitasi raisi Arman Kojaxmetov sözlariga köra, mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaga kiritilgan özgartişlarni amalga oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
«Konstitutsiyaga kiritilgan özgartişlarga muvofiq, Qozoğistonning birinçi prezidenti maqomi va vakolatini belgilaydigan normani nazarda tutuvçi Konstitutsiyaning 46-moddasi 4-bandi çiqarib taşlandi. Şu munosabat bilan konstitutsiyaviy qonun ham kuçini yöqotişi közda tutilgan. Qonun loyihasini kuçga kiritişni taklif qilaman, uni qöllab-quvvatlaşingizni sörayman», — dedi Kojaxmetov.
Yiğilişda qatnaşgan 90 nafar deputat uşbu taklifni bir ovozdan ma’qulladi.
«Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti – Elboşi töğrisida»gi qonunga köra, Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev va uning oila a’zolari qator imtiyozlarga ega bölgan. Masalan, qonun Nursulton Nazarboyevga xalqqa murojaat qiliş, parlament oldida va hukumat yiğilişlarida nutq sözlaş huquqini berdi. Birinçi prezident qonunga muvofiq daxlsizlik huquqiga ham ega. Uni uşlab turiş yoki hibsga oliş mumkin emas. Daxlsizlik Nursulton Nazarboyev va uning oila a’zolari egalik qilayotgan mulkka nisbatan ham qöllaniladi.
5 iyun kuni Qozoğistonda Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça referendum ötkazildi. Özgartişlardan biri Nazarboyevning maqomi va vakolatlari haqidagi moddaning, şuningdek, unga ketma-ket ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimiga saylanişiga imkon beruvçi bandning olib taşlanişi böldi. Bundan taşqari, Nazarboyevning millat yetakçisi maqomining özgarmasligi töğrisidagi norma ham çiqarib taşlandi.

















