Ukrainalik milliarder Konstantin Jyevago 27 dekabr kuni Fransiyaning Kurşevel şahridagi mehmonxonada Ukraina Davlat tergov byurosi talabiga binoan qölga olindi. Kiyev uning ekstraditsiyasini talab qilmoqçi va kerakli hujjatlarni tayyorlamoqda. 

Jyevago - Oliy Radaning sobiq deputati, Ukrainaning bankrot bölgan «Finansy i Kredit» bankining sobiq egasi va Kurşevel giganti Ferrexpo korxonasining asosiy aksiyadori. U Ukrainaning eng boy milliarderlaridan biri. Forbes reytingiga köra, Jyevagoning sof boyligi 1,3 milliard dollarga baholanmoqda, bu unga eng boy ukrainaliklar röyxatida Rinat Axmetov va Viktor Pinçukdan keyin uçinçi örinni egallaş imkonini beradi. 

Jyevago sönggi yillarda London va Dubayda yaşagan va Ukrainada körinmagan. Tadbirkor 2015 yilda bankrot bölgan «Finansy i Kredit» bankidagi ehtimoliy firibgarlik böyiça tergov olib borilayotgan paytda Ukrainani tark etgan edi. U 113 million dollarni özlaştirganlikda ayblangan. 2021 yilda Interpol Kiyev iltimosiga köra tadbirkorni xalqaro qidiruvga bergan edi.