“Mahalliy ijroiya hokimiyati töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarining mahalliy vakillik organi oldidagi mas’uliyatini oşiriş maqsadida hokimga nisbatan işonçsizlik votumini taqdim etiş institutini joriy etiş taklif etilmoqda.
Bunda:
- xalq deputatlari Kengaşlarining deputatlari umumiy sonining kamida 1/5 qismi hokimga nisbatan işonçsizlik votumi bildiriş taklifi bilan çiqiş huquqiga ega bölişi;
- işonçsizlik votumini qabul qiliş uçun quyidagi 5 ta asoslarni belgilaş:
- hududni rivojlantiriş böyiça dasturdagi tadbirlarning kamida 1/3 qismi bajarilmaganligi;
- xalq deputatlari Kengaşlarining qonuniy talablari 2 martadan ortiq bajarilmaganligi;
- hokim tomonidan davlat fuqarolik xizmatçilarining odob-axloq qoidalari buzilganligi;
- hokimning boşqa haq tölanadigan lavozim va kasblarni egallaşdagi çeklovlarga rioya qilmaganligi;
- hokim yoki uning örinbosarlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oşirişda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganligi, budjet mablağlarini sarflaşda qonunçilik talablari juda köp miqdorda buzilganligi;
- işonçsizlik votumi xalq deputatlari Kengaşlari tomonidan 10 kun muddat içida körib çiqilişi va deputatlar umumiy sonining kamida yarmidan köpi ovoz berganda votum qabul qilingan hisoblanişi;
- qabul qilingan işonçsizlik votumiga asosan viloyatlar va Toşkent şahar hokimini lavozimidan ozod etiş Özbekiston prezidenti tomonidan, tuman va şahar hokimlarini esa yuqori turuvçi hokim tomonidan amalga oşirilişi belgilanmoqda.

















