2022 yilning yanvar-noyabr oylarida Özbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 mln AQŞ dollariga teng bölgan 478,3 ming tonna kartoşka import qilgan.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, kartoşka importi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 22,5 ming tonnaga oşgan.
2022 yilning 11 oyida Özbekiston eng köp kartoşka import qilgan davlatlar orasida Pokiston birinçi örinni egalladi – 259,1 ming tonna.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
- Qozoğiston – 155,1 ming tonna;
- Qirğiziston – 30 ming tonna;
- Rossiya – 15 ming tonna;
- Niderlandiya – 6,4 ming tonna;
- Eron – 5,6 ming tonna.
2022 yil yanvar-sentabr oylarida respublikada 2,6 mln tonna kartoşka yetiştirilgan.
















