Soğliqni saqlaş vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği Sevara Ubaydullayeva maxsus brifing çoğida bu borada ma’lumot va savollarga javob berdi:

“Samarqand viloyatida kuzatilgan holat böyiça 7 nafar tibbiyot mutasaddilari öz lavozimidan olingani rost. SSV tomonidan işçi guruh taşkil etildi va Samarqandda çuqur tahliliy örganiş ötkazildi. Örganiş davomida bu xodimlar tomonidan qator kamçiliklarga yöl qöyilgani aniqlandi va şu sabab xodimlar işdan böşatildi. Işçi guruh xulosasi huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etildi.

Ta’kidlaş joiz, hududiy soğliqni boşqarmasiga bu holat (bolalar ölimi) töğrisidagi ma’lumot juda keç kiritilgan. Şu sabab qonunçilikda körsatilgan tegişli çoralar körildi. Hozir örganiş işlari davom ettirilmoqda. Bu haqda qöşimça ma’lumot berib boramiz”, – dedi Sevara Ubaydullayeva.

Eslatib ötamiz, Hindistonning “Marion Biotech” kompaniyasi Özbekistonda bolalar ölimiga sabab bölgan “Dok-1 Maks” siropini işlab çiqarişni töxtatgan. Hindiston hukumati bu borada suriştiruv boşlagan va tez orada hisobot beriladi.