Ukrainada uruşning 309-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Ukraina şaharlari böylab yoppa raketa zarbalari yölladi. 282 ta aholi yaşaş manzili elektr energiyasisiz qolgan, Kiyevda uç kişi yaralangan, ulardan biri ösmir yoşidagi qiz;
- Belarus mudofaa vazirligi Brest oblasti osmoni ustida Ukraina hududidan uçib kelgan S-300 raketa majmuasi raketasi havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilganini ma’lum qildi;
- Bryansk va Saratov oblastlarida havo hujumidan mudofaa kuçlari dronlarni urib tuşirgani ma’lum;
- Putin “DXR” va “LXR”, şuningdek annexia qilingan Xerson va Zaporijjya oblastlariga prokurorlar tayinladi;
- RF prezidenti yana bir qator yangi qonunlarni imzoladi. Ular orasida Georgiy lentasini harbiy şon-şuhrat ramziga tenglaştiruvçi hamda qöporuvçilik harakati uçun umrbod ozodlikdan mahrum etiş töğrisidagi qonunlar bor.
Ukraina şaharlari böylab zarbalar
29 dekabr kuni Rossiya yana bir bor Ukrainaning bir qança oblastlari böylab zarbalar yölladi. Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotiga köra, ukrain şaharlariga jami 69 raketa uçirilgan (şundan 54 tasi urib tuşirilgan). Mikolayiv oblasti rahbari Vitaliy Kimning sözlariga köra, raketalardan taşqari Eron dronlari bilan ham hujum qilingan.
Otişmalar çoğida Kiyev, Lviv, Xarkiv, Odessa va Ivano-Frankovsk oblastlaridagi binolar şikastlangan. Poytaxtda uç kişi yaralangan.

Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA

Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA

Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA






























