Xitoy Davlat kengaşi Boş vazirining örinbosari Xu Çunxuaning joriy yil dekabr oyida amalga oşirgan taşrifi yakunlari böyiça tasdiqlangan “Yöl xaritasi” bajarilişi muhokama qilindi. Hujjatda Özbekiston va Xitoy örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, xususan, özaro tovar ayirboşlaş hajmini 10 milliard dollarga yetkaziş, 500 million dollar miqdorida grant mablağlari va töğridan töğri xorijiy investitsiyalar jalb etiş, transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş, hududlararo hamkorlik masalalari örin olgan. “Yöl xaritasi” muqobil energetika, toğ-kon sanoatini rivojlantiriş böyiça qöşma loyihalarni birgalikda amalga oşiriş, Özbekiston-Xitoy agroinnovatsion parkini taşkil etiş va qişloq xöjaligi sohasida qöşma loyihalarni hayotga tatbiq etiş, Xitoy tajribasi asosida kambağallikni qisqartiriş böyiça çora-tadbirlar körişni va boşqa vazifalarni nazarda tutadi. “Yöl xaritasi”da belgilangan vazifalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini ta’minlaş yuzasidan mas’ul rahbarlarga maqsadli topşiriqlar berildi.

Yiğilişda Işçi guruhning Pokistonga bölajak taşrifi kun tartibining istiqbolli yönalişlari ham tahlil qilindi. Xususan, Pokiston tomoni bilan dengiz portlaridan birgalikda foydalaniş, ikki davlat örtasidagi havo qatnovlari sonini köpaytiriş, yuk taşuvçilar uçun viza rejimi va bojxona tartib-qoidalarini yengillaştiriş, meva va sabzavotlarni qayta işlaş va eksport qiliş böyiça qöşma korxonalar yaratiş, Toşkent va Islomobod şaharlarida sanoat mahsulotlarining özaro yarmarkalarini taşkil etiş masalalari böyiça hamkorlikni faollaştiriş vazifalari topşirildi.

Mutasaddi rahbarlarga elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş böyiça Özbekiston-Pokiston qöşma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, töqimaçilik, turizm, quriliş materiallari işlab çiqariş va boşqa sohalarda hududlararo hamkorlik doirasidagi qator loyihalarni amalga oşirişni jadallaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Işçi guruhning Singapurga taşrifiga tayyorgarlik köriş doirasida hamkorlik yönalişlarini kengaytiriş va qişloq xöjaligi, energetika, maşinasozlik, kimyo va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş, transport va logistika, axborot texnologiyalari, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari örganildi.

Xususan, Toşkent viloyatida zamonaviy logistika markazi, Andijon viloyatida quruq port (logistika markazini) barpo etiş, mamlakatimiz aeroportlarini modernizatsiya qiliş loyihasini birgalikda amalga oşiriş yuzasidan körsatmalar berildi. Xuddi şunday tarzda tibbiyot xodimlarining tajriba almaşişi va malakasini oşiriş, farmatsevtika mahsulotlarini özaro yetkazib beriş, ikki mamlakat oliy öquv yurtlari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş böyiça loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari körib çiqildi.