Ukrainada uruşning 308-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volgogradda safarbar qilingan erkakning rafiqasi harbiy prokuraturaga şikoyat qilib, erini “DXR” hududida “uruşga borişdan boş tortganlar uçun qamoqxona”da tutib turilganini aytgan.
  • Ukrainada Eron kamikadze dronlarini urib tuşira oluvçi dronlar işlab çiqiş rejalaştirilmoqda.
  • Volodimir Zelenskiy Oliy radaga murojaat yölladi. 52 daqiqa davom etgan nutqi çoğida Ukraina prezidenti Rossiya bilan harbiy nizodan yakuniy maqsad — Ukraina hududiy yaxlitligini qayta tiklaş va asirga tuşganlarni ozod etiş ekanini aytdi.
  • Ukraina havo kuçlari spikeri Yuriy Ignat mamlakat havo hujumidan mudofaa kuçlari sentabr oyidan buyon 420 ta raketa hamda 430 ta kamikadze dronni urib tuşirgani haqida ma’lum qildi.
  • Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning aytişiça, Rossiya qömondonligi Kreminna şahrini tark etgan. Uşbu şahar uçun janglar bir neça oydan buyon davom etayotgandi. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti ham Ukraina qurolli kuçlari sönggi kunlarda uşbu yönalişda muvaffaqiyatga erişganini qayd etgan.
  • Çelyabinsk oblastida safarbar qilinganlardan biri öz kapitanini urib öldirdi. 23 dekabr kuni askar poyezdda öz boşliğiga hujum qilgan - u voqea joyida jon bergan. Qurbon bölgan harbiy ham safarbar qilinganlardan edi.
  • The Guardian ma’lumotiga köra, yuzlab ukrainalik bolalar Rossiyadagi dam oliş lagerlaridan qayta olmayapti. Ota-onalar okkupatsiya çoğida bu bolalarni lagerlarga yuborişgan, ular Rossiya hududida ekanida Ukraina armiyasi bu hududlarni ozod etgan. Endi lagerlar ma’muriyatlari bolalarni qaytarişdan boş tortmoqda.

Ukrainalik harbiylarning Belarus bilan çegaradagi pozitsiyalari

13 dekabr kuni Belarusda armiya tayyorgarligini tösatdan tekşiriş boşlandi. Ammo, Ukraina davlat çegara xizmati ma’lumotiga köra, çegaradagi vaziyat özgarmagan. Ukraina çegaraçilari spikeri vaziyatni şunday izohlamoqda:

Ukraina uçun bu amalda heç narsani özgartirmaydi, biz Belarus bilan çegarada mudofaa qobiliyatimizni mustahkamlab kelyapmiz, buni davom ettiramiz, çunki Ukraina heç qaçon Belarusdan takroriy bosqin bölişi yoki Belarus qöşinlari Rossiyaning Ukrainaga qarşi boşlagan bosqiniga qöşilişi ehtimolini istisno etmaydi.

U şuningdek Ukraina tomoni çegara yaqinida ruslar va belaruslarning qança qöşini töplangani borasida aniq ma’lumot yöqligini qöşimça qildi. Noyabr oyi oxirida Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi Belarus hududida RF armiyasidan taxminan töqqiz ming kişi joylaştirilgani töğrisida xabar bergandi. Bundan taşqari, noyabr oyi örtalarida Ukraina Belarus bilan çegarada devor qura boşladi. Quyida Ukraina qurolli kuçlarining Jitomir oblasti hududida Belarus bilan çegaradagi pozitsiyalari aks etgan.