Ibrohim Yölçiyeviç Abdurahmonov Özbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilda Namangan viloyati Çust tumanida tuğilgan.

1992-1997 yillarda Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)da tahsil olgan. 2001 yil AQŞdagi Texas qişloq xöjaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Faoliyatini 1997 yildan Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi institutida boşlagan, 2002-2012 yillarda Fanlar akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari lavozimlarida işlagan.

2012–2017 yillarda Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori bölgan, 2017 yilda Fanlar akademiyasi Kimyo-biologiya fanlar yönalişi böyiça vitse-prezident v.b sifatida faoliyat yuritgan.

2017 yil noyabrida yangi taşkil etilgan Innovatsion rivojlantiriş vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

2022 yil dekabrida prezident farmoni bilan Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantiriş vazirligi qöşib yuborildi. 2021 yil yanvaridan buyon Oliy ta’lim vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Abduqodir Toşqulov prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.