Ertoş qişloği Toşkent viloyati Ohangaron tumani Qurama toğ tizmalari orasida joylaşgan. Aholisi özbeklarning qurama uruğiga mansub. Bu ma’lumotni bildirişimizga sabab, ular bilan ilk tanişganingizdayoq özlarining qurama uruğiga mansub ekanliklarini faxr bilan aytib ötişadi.
Qişloq toğlar orasida joylaşgani sabab yozda salqin böladi, qişda yoğgan qor uzoq muddat saqlanib qoladi. Aholisi çorvaçilik va boğdorçilik bilan şuğullanadi. Esingizda bölsa, avvalroq 13 yoşli çavandoz bola Sunnatilla haqida video tayyorlagan edik. Aynan şu qahramonimiz qor yoğganda bizni eşak köpkariga çaqirişni va’da qilgandi. Ertoşga qor yoğdi va bolakay bizni köpkariga taklif qildi. Tasodifni qarangki, biz boradigan kuni, katta köpkari ham taşkillanayotgan ekan, töğri, otlar va çavandozlar unçalik köp emas. Lekin tomoşa qilişga arzigulik. Qişloqliklar köpkarini kökmara deb ataşadi.
Ertoşda öğil bolalar hali töğri yurişni örganmasdan avval otga mindiriladi. 9-10 yoşidan boşlab eşakda köpkari çopişni boşlaydi. Kimdir aytişi mumkin, bularning tengdoşlari kompyuter va telefonlarga mukkasidan ketib öyin öynaydi, bular şu bilan maşğul ekan, deb. Bu bolakaylar ham telefonda öyin öynaydi, lekin köpkari boşlanadigan bölsa, har qanday öyinni taşlab köpkari körişga yoki özlari eşaklar bilan köpkari öynaşga oşiqişadi.
Qişloqqa dam olişga keladigan bölsak, bu yerda yozning issiq kunlarida odam gavjum böladi. Asosan, Farğona vodiysidan köp mehmonlar keladi. Qişda ham kelişni tavsiya bergan bölardik. Çunki bunaqa manzara, bunday soddadil insonlar bilan, qalin qorda bahru dilingiz yayraydi.
Tohirjon Tursunov, Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.

















