AQŞ Vakillar palatasining Budjet qömitasi sobiq prezident Donald Trampning olti yillik soliq deklaratsiyasini e’lon qildi. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.
Yangi raqamlar Donald Tramp prezidentligining dastlabki uç yilida federal daromad soliği sifatida 1,1 million dollar tölagani va daromadi kamayib borayotgani sababli 2020 yilda heç qanday soliq tölamaganini körsatdi.
Yillar kesimida Tramp tölagan daromad soliği quyidagiça: 2015 yil – $642 ming, 2016 yil – $750, 2017 yil – $750, 2018 yil – $999 ming, 2019 yil – $133 ming, 2020 yil – $0.
21 dekabr kuni AQŞ Kongressi Vakillar palatasi qömitasi Trampning 2015-2021 yillar uçun qisman tahrirlangan soliq deklaratsiyasini e’lon qiliş uçun ovoz bergani ma’lum böldi. Şu bilan birga, respublikaçilar bu qaror yomon pretsedent yaratişi mumkinligini ta’kidlab, hujjatlarni çop etişga qarşi çiqdilar.
Qonunga köra, AQŞ prezidentligiga nomzodlar soliq deklaratsiyasini e’lon qilişi şart emas. Şunga qaramay, ular ötgan yillarda buni qilişgan, ammo faqat Tramp ular orasida istisno bölib qolgan edi.

















