Uruşning 310-kuni. Asosiy ma’lumotlar:

  •  Rossiya Tergov qömitasi egallab olingan Mariupolda uç mingdan ortiq tinç aholi vakillari jasadlari topilganini ma’lum qildi. Rossiyalik tergovçilar buning uçun mas’uliyatni Ukraina harbiy qömondonligiga yuklagan.
  • «Roskomnadzor» odamlarning uruş boşlangandan keyingi hayoti haqida hikoya qiluvçi «Oçevidsy» saytini blokladi.
  • Rossiya tomonidan annexia qilingan «DXR» va «LXR»da yangi konstitutsiyalar qabul qilindi.
  • Ukrainaning uçta oblasti va Kiyev şahrida dronlar hujumi qaytarilgani xabar qilindi.
  • Bryansk oblasti gubernatori ukrainalik harbiylar Kistyor qişloğini öqqa tutganini xabar qildi.

Xerson oblastining Ukraina kuçlari tomonidan ozod etilgan qismidagi janglar oqibatlari

Uruşning ilk kunlaridayoq Xerson oblastining deyarli butun qismi Rossiya istilosi ostiga ötgandi. Oktyabr oyi boşida RF uşbu hududni (şuningdek Zaporijjya oblasti va «DXR» hamda «LXR»ni ham) rasman annexia qilgandi — ammo noyabr oyi örtalariga kelib Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuçlari bosimi ostida çekina boşladi, jumladan Xerson taşlab çiqildi. Qarşi hujumda iştirok etgan polkovnik Vadim Suxarevskiyning ma’lum qilişiça, qoldirilgan hudud minalaştirilgan: ayrim joylarda minalar har bir metr masofaga joylaştirilgan. Ukraina armiyasi uçun bu mart oyi oxiridan buyon qozonilgan eng jiddiy muvaffaqiyat böldi, öşanda Rossiya qöşinlari mamlakat şimolidan — Kiyev, Sumi va Çernihiv oblastlaridan ketgandi. Xerson Ukrainaning boşqa şaharlari kabi Rossiya tomonidan muntazam ravişda öqqa tutilmoqda.

Sentyabr-oktyabr oylari davomida Ukraina va Rossiya armiyasi örtasida muhim janglar keçgan Davidov Brod posyolkasida vayron qilingan uy yonidagi qum töldirilgan qoplardan tiklangan istehkom
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning harbiy pozitsiyalarida qoldirilgan şikastlangan yodgorlik
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xerson — Xmelnitskiy yönalişida noyabr oyi oxirida yölga qöyilgan evakuatsiya poyezdidagi odamlar