Özbekistonda kamida 19 nafar bolaning ölimiga sabab bölgan «Dok-1 MAKS» preparatini işlab çiqargan Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi faoliyati vaqtinça töxtatildi.

29 dekabr kuni kompaniyaning Noyda şahridagi zavodida Hindiston dori vositalari nazorati qömitasi va dori vositalari davlat inspeksiyasi tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tekşiruvda işlab çiqariş jarayonida «me’yordan oğiş» holatlari aniqlangan. Tekşiruv Özbekiston hukumati mamlakatdagi kamida 19 bolaning ölimini kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan yötalga qarşi «Dok-1 MAKS» siropi bilan boğlaganidan keyin ötkazilgan.

«Dok-1 MAKS» siropidan zaharlaniş holati haqida xabar berilganidan keyin CDSCO (Dori vositalari standartini nazorat qiluvçi markaziy taşkilot) guruhi tomonidan tekşiruv ötkazildi va Marion Biotech kompaniyasining Noyda zavodidagi işlab çiqariş jarayoni töxtatildi. Suriştiruv davom etmoqda», deb yozdi Hindiston soğliqni saqlaş vaziri Mansux Mandavia ijtimoiy tarmoqda.

Rasmiylarga köra, işlab çiqariş jarayonini töxtatiş haqidagi xabarnoma 2 kunlik tekşiruvlardan keyin kompaniyaga topşirilgan. Nazoratçilar kompaniyaning bir neça mahsulotlari, jumladan Özbekistonga eksport qilingan «Dok-1 MAKS» siropi namunalarini olişgan (sifat nazorati uçun namunalar kompaniyada saqlab qöyiladi).

Namunalar Çandigarx şahridagi dorilarni sinovdan ötkazuvçi mintaqaviy laboratoriyaga yuborilgan.

Payşanba kuni ötkazilgan tekşiruv natijasida işlab çiqariş amaliyotlarida ba’zi kamçiliklar aniqlangan.

«Dori sinovi uçun muayyan talablar mavjud, ularga rioya etilmagan. Bosimning pasayişini uşlab turiş kerak bölgan joylarda bunga amal qilinmagan. Ba’zi magnetospiral manometrlar (bosim farqlarini qayd qiliş uçun işlatiladi) işlamagan. Barça qoidabuzarliklar qayd etilib, kompaniyaga topşirildi», dedi vaziyatdan xabardor yuqori lavozimli amaldor.

«Keyingi harakatlar suriştiruv hisoboti asosida amalga oşiriladi», deb bayonot berdi soğliqni saqlaş vaziri.

Rasmiylarning aytişiça, hozirça zavodni qöşimça tekşirişga hojat yöq.