Ğalla islohoti

Joriy yilning 1 iyunidan boşlab, ğallani davlat tomonidan sotib oliş va sotişda bozor narxlariga ötildi. Sotib olingan buğdoy oyma-oy birjaga çiqariladigan böldi va agar narxlar oşsa, fermerlarga örtadagi ijobiy farq ham tölab berilişi belgilandi. Bu islohot iqtisodçilarning olqişiga, ğalla yetiştiruvçi fermerlarning quvonçiga sabab böldi.

Islohotning dastlabki kunlarida bozor narxlariga ötilişi non bahosiga jiddiy ta’sir qilişi mumkinligi haqidagi xavotirlar yangragan bölsa-da, yil davomida buğdoy va un mahsulotlari narxlarining barqarorligi saqlanib qoldi, narxlar keskin ravişda qimmatlaşib ketmadi. Amalda işlamayotgan subsidiyalanadigan un (arzonlaştirilgan un) tarqatiş tizimi tugatildi. 

Foto: Getty Images 

Ta’kidlaş kerakki, huquqiy jihatdan şu paytgaça ham fermerlar özi yetiştirgan mahsulotni erkin, bozor narxlarida sotiş huquqiga ega edi, biroq amalda davlat ehtiyojlari uçun yetiştirilgan mahsulotga narx bozor tamoyillariga rioya etmasdan, markazlaşgan holda ma’muriy usul bilan belgilanib keldi. Bu esa fermerlarning jiddiy ziyon körişlariga sabab bölib kelayotgan edi.

Keçiktirilgan energetika islohoti

Energetika sohasidagi muammolar yildan yölga böy çözib bormoqda. Joriy yildan boşlab hukumat elektr energiyasini davlat tomonidan subsidiyalaşni bekor qiliş va tabaqalaştirilgan narxlar belgilaşga bu muammolarning yeçimi sifatida qaray boşladi. Şu maqsadda «Yoqilği-energetika resurslarining narxlarini özgartiriş töğrisida» hukumat qarori loyihasi muhokamaga qöyildi. Unda 1 iyuldan elektr va gaz böyiça tabaqalaştirilgan tariflarga ötilişi közda tutilgandi. Biroq ayrim sabablarga köra bu qaror qabul qilinmadi, islohotlar esa noma’lum muddatga keçiktirildi. 

Energetikaga budjetdan subsidiyalar «xalqqa yordam bölişi» uçun joriy qilingani iddao qilinsa-da, mutaxassislarning fikriça, bunday tizim sohaning rivojlanişiga tösiq bölib qolaveradi. 

Joriy yilga kelib, nafaqat viloyatlar, balki Toşkent şahri tumanlarida ham elektrni «şaxmat tartibida öçiriş» rejimiga ötildi. Ya’ni energotizimda yuklama ortib ketgan paytda «svet» ataylab öçiriladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev ham yil yakuni böyiça parlamentga qilgan an’anaviy murojaatnomasida energetika inqirozi masalasiga töxtalib, birinçi marta tariflarni tabaqalaştiriş haqida gapirdi. Ya’ni muayyan limitdan köproq gaz va elektr işlatadigan badavlat qatlam bozor narxida tölaşi kerak, çunki bu resurslar davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobiga arzon sotiladi.