Töliq miqyosdagi uruş davomida Ukraina Qurolli Kuçlari 1884 ta aholi punktini rus bosqinçilaridan ozod qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari örinbosari Kirill Timoşenko ma’lum qildi.

«2022 yil biz qançalik kuçli ekanimizni körsatdi. Biz hammamiz – prezident, qöşinlar, köngillilar, davlat. Fevraldan to şu kungaça 1884 ta aholi punkti ozod etildi. Qurolli Kuçlar ortidan u yerlarga darhol Ukraina rasmiylari keldi. Infratuzilmani, elektr energiyasi, suv va gaz ta’minotini, insonparvarlik yordami, davlat xizmatlarini tiklaş, pul tölovlarini amalga oşiriş uçun», deb yozdi u.

Timoşenko sözlariga köra, ayni damda Ukraina rasmiylari faoliyatidagi asosiy ustuvor yönalişlardan biri bu infratuzilmadir. 15 199 ta obekt qayta tiklandi, deyarli şunça obekt qayta tiklanmoqda. Ukrainaning şimoliy çegarasida transportga qarşi, piyodalarga qarşi va mina-portlovçi tösiqlar hamda temir-beton uçastkalari qurilmoqda.