Domryozening sözlariga köra, Ukraina ham, Rossiya ham harbiy maqsadlariga erişiş uçun yaqin bir neça oy içida yana bir hujumni boşlaydi. Biroq yoz boşida Moskva ham, Kiyev ham hududlar ustidan nazoratni kengaytiriş imkoniyati bölmasa, bundan keyin ham kuraşiş befoyda ekanini tuşunişi mumkin.
Aynan öşanda sulh böyiça muzokaralar vaqti keladi, deb tan oldi Bundesverning iste’fodagi generali.
Germaniya taşqi siyosat jamiyatining Rossiya böyiça eksperti Andras Rats ham yozgi muzokaralar va ular ortidan öt oçişni töxtatiş rejimi joriy etilişini kutmoqda.
«Yil oxirigaça qandaydir sulhga erişamiz, bunga işonçim komil», dedi u va «töqnaşuvlar albatta kamroq bölişi»ni qöşimça qilib ötdi.
Ekspert Rossiya Federatsiyasida 2024 yilda kutilayotgan prezidentlik saylovlariga işora qildi. Moskva saylovlar oldidan yoki saylov paytida şiddatli uruş olib borişni istaşi dargumon, deb hisoblaydi Rats.

















