«Toşkent – Olmaota» yönalişida parvoz qilgan samolyot kuçli turbulentlik zonasiga tuşib qolgan. Natijada yetti nafar yölovçi turli tan jarohatlari olgan.
Bu haqda Air Astana kompaniyasining press-relizida aytiladi.
«Bugun aviakompaniya Toşkent-Olmaota yönalişi böyiça KC 128 reysini amalga oşirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da havoga kötarilgan. Parvoz vaqtida samolyot tösatdan kuçli turbulentlik zonasiga tuşib qoldi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yetti nafar yölovçi turli tan jarohatlari olgan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16:45 da Olmaotaga qöndi.
«Parvoz ekipaji yölovçilarga birinçi tibbiy yordam körsatdi. Uçuvçilar voqea haqida aeroport xizmatlarini xabardor qilgan. Tez yordam maşinalari yordam körsatiş uçun aeroportda yölovçilarni kutmoqda», deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, aviakompaniya sodir bölgan voqeadan afsusda va reys yölovçilariga har tomonlama yordam beradi.
«Hodisa vakolatli organlar tomonidan tekşiriladi», - deya xulosa qildi kompaniya.

















