Fransiyaning GTT (Gaztransport & Technigaz) injiniring kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatini töxtatdi. Kompaniyaning 2 yanvar, duşanba kuni çop etilgan press-relizida qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga qurolli bostirib kirişi tufayli Rossiyaga qarşi joriy qilgan sakkizinçi va töqqizinçi sanksiyalar töplamini çuqur tahlil qilgandan söng qabul qilingani bilan izohlanadi.

Hujjatda qayd etilganidek, 8 yanvardan boşlab GTT Rossiyaning «Zvezda» yuk taşiş kompaniyasi bilan 15 ta muz parçalovçi toifadagi gaz taşuvçini quriş böyiça şartnomani töxtatadi. Fransiya kompaniyasining iştiroki ikkita «texnologik jihatdan eng ilğor» gaz taşuvçisi loyihalarini yakunlaş bilan çeklanadi. Şuningdek, kompaniya Rossiyadagi loyihalarni buyurtmalar röyxatiga kiritmasligini ham ma’lum qildi.

Şu bilan birga, press-relizda qayd etilişiça, Osiyodagi kemasozlik zavodlarida Rossiyaning Arktikadagi loyihalari uçun oltita muz parçalovçi toifadagi gaz taşuvçi va ikkita suzuvçi neft qazib oliş, saqlaş va tuşiriş bloklarini quriş böyiça boşqa buyurtmalarni bajariş odatdagidek davom etmoqda.

2019 yil sentabr oyida GTT Saren B.V. (Saipem neft konlari servis kompaniyasi va Turkiyaning Renaissance Heavy Industries örtasidagi qöşma korxona) bilan "Arktik SPG-2" loyihasi uçun uçta GBS (gazni suyultiriş uçun uskunalar örnatilgan modullar joylaştiriladigan platformalar) loyihalaş va quriş böyiça şartnoma imzoladi. 

GTT suyultirilgan gazni (STG) taşiş va saqlaş uçun kriogen membrana tizimlarini işlab çiqiş va qurişni litsenziyalaşga ixtisoslaşgan.