Özbekistonda 2022 yil davomida iste’mol sektoridagi narxlarning ösiş sur’ati 12,3 foizga yetdi. Bu haqda Statistika qömitasi ma’lum qildi.
Taqqoslaş uçun, qömita 2021 yilgi rasmiy inflatsiyani 9,98 foizga, 2020 yilda esa 11,1 foizga baholagandi.
Statqöm 2022 yil dekabr oyidagi inflatsiya 1,2 foiz bölganini qayd etgan. Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, dekabrdagi rasmiy oylik inflatsiya – 2016 yildan buyon kuzatilgan eng past körsatkiçga tuşgan.
Dekabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxi örtaça 1,7 foizga oşgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 1,1 foizga qimmatlaşgan.
Oy davomida piyoz 9,9 foiz, tuxum 5,2 foiz, sabzi 3,7 foiz, kartoşka 2,4 foiz, sut 2,4 foizga qimmatlagan. Ijara narxdarining ösişi 0,5 foiz bölgani qayd etilgan.
Yil davomida esa oziq-ovqatlar narxi 15,6 foizga, nooziq-ovqatlar narxi 10,7 foizga, xizmatlar narxi 8,4 foizga oşgan.
Eslatib ötamiz, 2023 yil uçun davlat budjeti qonunida ham inflatsiya 12 foiz bölişi prognoz qilingan. Hukumat 2024 yilgi inflatsiyani 9,5 foiz deb taxmin qilmoqda.

















