Bugun, 19 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 2023 yil uçun davlat budjeti töğrisidagi qonunni birinçi öqişda qabul qildi.
Moliya vaziri Timur Işmetovning aytişiça, Özbekiston iqtisodiyoti 2022 yilda 5,7 foizga ösişi kutilyapti. Ösiş sur’ati 2023 yilda 5,3 foiz, 2024 yilda 5,6 foiz, 2025 yilda 6 foiz bölişi prognoz qilinmoqda.
Hukumat 2022 yilda inflatsiya darajasi 12 foiz atrofida bölişini, 2023 yilda 9,5 foizgaça pasayişini kutyapti.
2023 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 311 trln söm, xarajatlari 343 trln söm miqdorida rejalaştirilgan holda, 32 trln 528 mlrd söm yoki YaIMga nisbatan 3 foiz miqdoridagi taqçillik bilan şakllantirilgan.
2023 yilgi davlat budjeti xarajatlari 257 trln 728 milliard söm bölişi közda tutilmoqda. Xarajatlarning 50 foizi yoki 130 trln söm ijtimoiy sohaga yönaltiriladi.
Ta’lim sohasiga 58 trln 372 mlrd söm yoki davlat budjeti jami xarajatlarining 23 foizini hamda 2022 yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 16 foiz köp mablağ rejalaştirilmoqda.
Ta’lim sohasi böyiça 18 ta davlat dasturlarini amalga oşiriş xarajatlariga 7 trln 585 mlrd söm mablağ rejalaştirilmoqda. Jumladan:
- nodavlat maktabgaça ta’lim muassasalariga Davlat budjetidan 2 trln 259 mlrd söm miqdorida subsidiyalar ajratiş;
- umumiy örta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilaş bilan boğliq xarajatlar uçun 920 mlrd söm;
- oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida öqişga qabul qiliş kvotalarini oşiriş maqsadida 984 mlrd söm;
- tölov-kontrakt asosida öqiyotgan har bir talabaga bilim oliş uçun qulay şaroit va teng imkoniyatlar yaratiş maqsadida budjet mablağlari hisobidan ta’lim kreditiga resurs ajratiş uçun 1trln 700 mlrd söm;
- talabalar turar joylarini barpo etiş va unda yaşaydigan har bir talaba uçun subsidiyalar ajratişga 284 mlrd söm mablağlar rejalaştirilgan.
Soğliqni saqlaş sohasiga:
28 trln 426 mlrd söm rejalaştirilgan. Şundan, uşbu sohaga tegişli 22 ta davlat dasturlarini amalga oşiriş uçun 1trln 500 mlrd söm mablağlar rejalaştirilgan. Jumladan:
- onalar va bolalar, reproduktiv yoşdagi ayollar salomatligini ta’minlaş uçun zarur dori va tibbiyot vositalari bilan qöşimça ta’minlaş xarajatlari uçun 31 mlrd söm;

















