Samarqand viloyati köp tarmoqli bolalar şifoxonasi boş şifokori Mamatqul Azizov “Dok-1 Maks” preparatining oğir asoratlari va 15 nafar bolaning ölimi haqida rasmiy xabar berib diqqat markaziga tuşgandi. Keyinçalik uning özi keç xat çiqarganlik ayblovi bilan işdan böşatildi.

Avvaliga 15 nafar, keyinçalik yana 4 nafar bolalarning ölimi Özbekistonda 2022 yilning eng köp muhokama qilingan mavzusiga aylandi. Jamoatçilik bu mavzuni kötargan mutaxassisning özi aybdor sifatida jazolanganini qattiq qoraladi.

2022 yilning sönggi kunlarida hukumat tarkibida katta özgarişlar böldi, xususan Soğliqni saqlaş vaziri almaşdi. 

Sönggi ma’lumotlarga qaraganda boş şifokorni öz işiga tiklaş böyiça harakat boşlangan. Kun.uz’ning ikki mustaqil manbasiga köra ayni paytda zarur hujjatlar tayyorlanyapti va tez orada professor Mamatqul Azizov oldingi lavozimida işini davom ettirişi mumkin.