Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev milliy it zotlari — Tozi va Töbetni asraş va qayta tiklaş töğrisidagi qonunni imzoladi.
Tozi zoti qariyb ön uç asrlik tarixga ega, bu itning birinçi tasvirlarini petrogliflarda - toşlarga çizilgan rasmlarda topiş mumkin. Bu zot otlar bilan bir qatorda juda qadrlangan, oçarçilik yillarida ular öljani ovlaşga yordam bergan.
Töbet turkman iti olaboyning eng yaqin qarindoşi hisoblanadi. Ular köp asrlar davomida çöponlarga hamroh bölgan, suruvlarni börilardan qöriqlagan va hatto ovda qatnaşgan.
Qozoğistondagi Tozi va Töbet yöqolib ketiş xavfi ostida. Asosiy muammo - rus tozisi va afğon iti kabi zotlar bilan aralaşib ketişida. Hozirda töbet podani himoya qiliş, börilarga qarşi kuraşda deyarli foydalanilmaydi.
Bu naslni saqlab qoliş uçun Qozoğistonda maxsus Milliy markaz taşkil etilgan bölib, uning vazifalariga mutaxassislarni tayyorlaş, körgazmalar taşkil etiş va itlarni körikdan ötkaziş kiradi.

















