Qozoğistonda 2022 yil yanvar oyi voqealari böyiça jinoiy işda Özbekiston, Rossiya, Qirğiziston va Tojikiston fuqarolari ham iştirok etmoqda. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi boş prokurori Berik Asilov parlament majlisida aytdi.
«Xorijliklar ham ommaviy tartibsizliklarda va boşqa jinoyatlarda iştirok etişda gumonlanuvçi sifatida tan olingan. Ular orasida Özbekiston, Rossiya, Qirğiziston va Tojikiston fuqarolari bor», dedi Asilov.
Uning ta’kidlaşiça, hibsga olinganlar orasida buzğunçi diniy oqimlarning sakkiz nafar tarafdori ham bor.
Asilovning ta’kidlaşiça, yanvar voqealari böyiça 573 kişi sudlangan, jumladan, 2 ta jinoiy iş terrorçilik harakati bilan boğliq moddalarga taalluqli.
Boş prokurorga köra, hozirgaça tartibsizliklarning 18 taşkilotçisi aniqlangan. Ulardan 13 nafariga nisbatan iş allaqaçon sudga oşirilgan.
Asosiy taşkilotçi sifatida Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq rahbari Karim Masimov tilga olingan.
«Asosiy taşkilotçilar, aytganimdek, MXQ birinçi rahbarlari — Masimov va uning örinbosarlariga nisbatan jinoyat işi oçilgan», dedi boş prokuror.
«Qonli yanvar» nomini olgan ommaviy namoyişlar va tartibsizliklar 2022 yil 2-7 yanvar kunlari Qozoğistonning köplab şaharlarida yuz bergan edi.

















