AQŞ ma’muriyatining fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bölgan "Vagner" XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin Baxmut şahri yaqinidagi tuz va gips konlarini öz nazoratiga olmoqçi, şahar uçun esa şiddatli janglar davom etmoqda. Bu haqda 5 yanvar, payşanba kuni Oq uy vakiliga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Vaşingtonda «Baxmutga bölgan vasvasa pul bilan boğliq», deb hisoblaşga asos bor, dedi manba. Baxmut yaqinida, xususan, Yevropadagi eng yirik tuz koni - Artemovskoye joylaşgan.

Oktabr oyida AQŞ "Vagner" XHKni Ukrainadagi uruşni moliyalaştiriş uçun Afrikadagi tabiiy resurslardan foydalanganlikda aybladi. CNN xabar berişiça, Kreml Sudan harbiy xuntasi bilan til biriktirib, "Vagner" XHK nazorati ostida uşbu mamlakatda qazib olingan oltinni yaşirin ravişda olib çiqib ketyapti.

Vaşington ma’lumotlariga köra, uruşga yuborilgan deyarli 50 000 XHK jangçilaridan 4 100 dan ortiği halok bölgan va 10 000 nafari yaralangan. Ulardan 2022 yil noyabr oyining oxiridan dekabr oyi boşigaça Baxmut uçun janglarda mingdan ortiq yollanma askar halok böldi, dedi Oq uy vakili.

Dekabr oyi oxirida AQŞ "Vagner" XHK Ukrainadagi Rossiya kuçlarini qöllab-quvvatlaş uçun Şimoliy Koreyadan qurol-yaroğ olganini ma’lum qildi, bu esa bu mojaroda yollanma askarlarning roli kengayib borayotganidan dalolat beradi, deya eslatadi Reuters. Şimoliy Koreya bu ayblovlarni rad etdi.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi avvalroq Rossiya harbiy amaldorlari bir neça bor "Vagner" XHKning «qömondonligiga böysungan»ligini ma’lum qilgandi. Kirbi, şuningdek, AQŞ hisob-kitoblariga köra, Yevgeniy Prigojinning XHKsi harbiy amaliyotlarga oyiga taxminan 100 million dollar (94 million yevro) sarflayotganini ta’kidladi.