Bu haqda Samarqand viloyati xalq ta’limi boşqarmasi xabar bermoqda.

2022 yil sentabr oyida Samarqand şahrida ötkazilgan ŞHT sammiti munosabati bilan Samarqand şahridagi maktablar, şuningdek, şaharga tutaş hududlar bölgan Samarqand tumanidagi 3 ta (7-,23-,53-sonli), Toyloq tumanidagi 5 ta (11-,12-,15-,17-,59-sonli), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25-,38-,39-,41-,48-sonli) maktablarga 5-19 sentabr kunlari navbatdan taşqari ta’til berilgan edi. Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari öquv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanişi belgilangan.

Şunga köra, 9, 10, 12, 13, 14 sentabr kunlari qoldirilgan darslar örni qişki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (2023 yil 5, 6, 7, 9, 10 yanvar kunlari) jami 5 öqiş kuni evaziga qoplanişi rejalaştirilgandi. Şu bois, Samarqandagi yuqorida nomlari sanab ötilgan maktablarda darslar 5 yanvardan boşlangan.

Hukumatning tegişli yiğiliş bayoniga asosan, maktab öquvçilarining qişki ta’til kunlari ob-havo haroratin keskin tuşib ketişi sababli 2023 yil 17 yanvargaça uzaytirilişini hisobga olib, mazkur maktablarda ham 7 yanvardan navbatdan taşqari ta’til e’lon qilinadi. Qoldirilgan dars soatlari bahorgi ta’tillar hisobidan qoplanadi.

2022-2023 öquv yilining III çoragi 2023 yilning 18 yanvaridan boşlanadi. Joriy yilning 11-17 yanvar kunlari rejalaştirilgan dars maşğulotlari öquv yili davomida boşqa mavzularda tiğizlaştirilib öqitiladi.