Qöşma Ştatlar Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketining bir qismi sifatida Kiyevga nafaqat Bradley zirhli maşinalari va Patriot zenit tizimlari, balki Oq uy e’lon qilgan RIM-7 Sea Sparrow ("Dengiz çumçuqlari" ) boşqariladigan raketalari bilan ham ta’minlaydi. BU haqda Politico naşri manbalarga tayanib xabar berdi.
Sea Sparrow - bu Raytheon korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan yarimfaol radiolokatsion jihozga ega bölgan "kema-havo" sinfidagi boşqariladigan raketa. U havodagi nişonlarni tutib oliş uçun möljallangan.
"Dengiz çumçuqlari" 1976 yilda Qöşma Ştatlar armiyasi tomonidan qabul qilingan, ammo deyarli yarim asr ötgaç, uşbu raketalarning takomillaştirilgan versiyalari AQŞ dengiz floti va dengiz piyodalari korpusi, şuningdek, boşqa mamlakatlar flotlari tomonidan qöllaniladi.
Politico naşrining yozişiça, ukrainalik harbiylar bunday raketalarni kemalardan emas, balki quruqlikdagi platformalardan uçirişi mumkin böladi. Naşr manbalariga köra, Sea Sparrow'ni işga tuşiriş uçun SSSR davrida işlab çiqilgan "Buk" komplekslarining uçiriş moslamalarini moslaştiriş mumkin.
AQŞ harbiy-dengiz kuçlari "Dengiz çumçuği"ning parvoz masofasi va tezligini oşkor etmadi, biroq ekspertlarning ta’kidlaşiça, raketaning yangi versiyalari tovuş tezligidan tört baravar tezlaşa oladi va 50 km masofagaça bölgan samolyotlar va qanotli raketalarga zarba bera oladi.
Hozirgaça Sea Sparrow 1990-yillarning boşlarida uşbu raketalarning bir neça yuztasini qabul qilib olgan Tayvan tomonidan yerdagi havo mudofaa tizimining elementi sifatida işlatilgan.


















